حَدَّثَنَا يُوسُفُ بْنُ عِيسَى، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا إِسْرَائِيلُ، وَشَرِيكٌ، عَنْ سِمَاكِ بْنِ حَرْبٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ، أَنَّ رَجُلاً، قَتَلَ نَفْسَهُ فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيْهِ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ . وَاخْتَلَفَ أَهْلُ الْعِلْمِ فِي هَذَا فَقَالَ بَعْضُهُمْ يُصَلَّى عَلَى كُلِّ مَنْ صَلَّى إِلَى الْقِبْلَةِ وَعَلَى قَاتِلِ النَّفْسِ . وَهُوَ قَوْلُ سُفْيَانَ الثَّوْرِيِّ وَإِسْحَاقَ . وَقَالَ أَحْمَدُ لاَ يُصَلِّي الإِمَامُ عَلَى قَاتِلِ النَّفْسِ وَيُصَلِّي عَلَيْهِ غَيْرُ الإِمَامِ .
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi oʻzini oʻzi oʻldirdi, Nabiy ﷺ unga (janoza) namozi oʻqimadilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan hadisdir. Ilm ahli bu masalada ixtilof qildilar. Baʼzilari: «Qiblaga qarata namoz oʻqigan har bir kishiga, jumladan oʻzini oʻldirganga ham janoza namozi oʻqiladi», dedilar. Bu Sufyon Savriy va Ishoqning soʻzidir. Ahmad: «Imom oʻzini oʻldirganga namoz oʻqimaydi, lekin imomdan boshqasi unga oʻqiydi», dedi.