حَدَّثَنَا حُمَيْدُ بْنُ مَسْعَدَةَ الْبَصْرِيُّ، حَدَّثَنَا بِشْرُ بْنُ الْمُفَضَّلِ، حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ ذَكْوَانَ، عَنِ الرُّبَيِّعِ بِنْتِ مُعَوِّذٍ، قَالَتْ جَاءَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَدَخَلَ عَلَىَّ غَدَاةَ بُنِيَ بِي فَجَلَسَ عَلَى فِرَاشِي كَمَجْلِسِكَ مِنِّي وَجُوَيْرِيَاتٌ لَنَا يَضْرِبْنَ بِدُفُوفِهِنَّ وَيَنْدُبْنَ مَنْ قُتِلَ مِنْ آبَائِي يَوْمَ بَدْرٍ إِلَى أَنْ قَالَتْ إِحْدَاهُنَّ وَفِينَا نَبِيٌّ يَعْلَمُ مَا فِي غَدٍ . فَقَالَ لَهَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اسْكُتِي عَنْ هَذِهِ وَقُولِي الَّذِي كُنْتِ تَقُولِينَ قَبْلَهَا " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Rubayyi bint Muavviz (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ men kelin boʻlib tushgan kunimning ertasi huzurimga kirib keldilar va xuddi sening mendan (oʻtirganing kabi) yaqin oʻrinda toʻshagimga oʻtirdilar. (Yonimizda) bizning qizchalarimiz oʻz childirmalarini chalib, Badr kuni shahid boʻlgan otalarimni marsiya qilib (yodga olib) turishgan edi. Shu (asnoda) ulardan biri: «Bizning oramizda ertaga nima boʻlishini biladigan Nabiy bor», dedi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Buni (aytishni) qoʻy-da, undan oldin aytayotgan (narsangni) ayt», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.