حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، عَنْ يُونُسَ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ سَأَلْتُ ابْنَ عُمَرَ عَنْ رَجُلٍ، طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَقَالَ هَلْ تَعْرِفُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ فَإِنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ وَهِيَ حَائِضٌ فَسَأَلَ عُمَرُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَأَمَرَهُ أَنْ يُرَاجِعَهَا . قَالَ قُلْتُ فَيُعْتَدُّ بِتِلْكَ التَّطْلِيقَةِ قَالَ فَمَهْ أَرَأَيْتَ إِنْ عَجَزَ وَاسْتَحْمَقَ
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi xotinini hayz holatida taloq qilgani haqida (Yunus ibn Jubayr) undan soʻraganida, u: «Abdulloh ibn Umarni tanirmisan? U xotinini hayz holatida taloq qilgan edi. Shunda Umar Nabiy ﷺdan (bu haqda) soʻragan edi, u zot uni xotiniga qaytishga buyurdilar», dedi. (Yunus) aytdi: «Men: ‹Oʻsha taloq (taloqlar soniga) hisoblanadimi?› dedim. U: ‹Yana qanday boʻlardi? Agar (kishi) ojizlik qilsa va ahmoqlik qilsa, nima deysan?› dedi.»