قَالَتْ زَيْنَبُ فَدَخَلْتُ عَلَى زَيْنَبَ بِنْتِ جَحْشٍ حِينَ تُوُفِّيَ أَخُوهَا فَدَعَتْ بِطِيبٍ فَمَسَّتْ مِنْهُ ثُمَّ قَالَتْ وَاللَّهِ مَا لِي فِي الطِّيبِ مِنْ حَاجَةٍ غَيْرَ أَنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لاَ يَحِلُّ لاِمْرَأَةٍ تُؤْمِنُ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الآخِرِ أَنْ تُحِدَّ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلاَثِ لَيَالٍ إِلاَّ عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا " .
Zaynab binti Abu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Akasi vafot etgan paytda Zaynab binti Jahsh (roziyallohu anho)ning huzuriga kirdim. U atir keltirtirib, undan (oʻziga) surtdi, soʻng: ‹Vallohi, mening atirga hech qanday ehtiyojim yoʻq, faqat men Rasululloh ﷺning: ‹Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga marhum uchun uch kechadan ortiq aza tutishi halol emas, magar er uchun toʻrt oyu oʻn kun (aza tutishi mumkin)›, deyayotganlarini eshitganman›, dedi», dedi.