حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا مَالِكُ بْنُ أَنَسٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يَزِيدَ، أَنَّ زَيْدًا أَبَا عَيَّاشٍ، سَأَلَ سَعْدًا عَنِ الْبَيْضَاءِ، بِالسُّلْتِ فَقَالَ أَيُّهُمَا أَفْضَلُ قَالَ الْبَيْضَاءُ . فَنَهَى عَنْ ذَلِكَ . وَقَالَ سَعْدٌ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُسْأَلُ عَنِ اشْتِرَاءِ التَّمْرِ بِالرُّطَبِ فَقَالَ لِمَنْ حَوْلَهُ " أَيَنْقُصُ الرُّطَبُ إِذَا يَبِسَ " . قَالُوا نَعَمْ . فَنَهَى عَنْ ذَلِكَ .
Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Zayd Abu Ayyosh Saʼddan oq bugʻdoyni arpa (sult) evaziga (almashtirish) haqida: «Qaysi biri afzalroq?», deb soʻradi. U: «Oq (bugʻdoy)», dedi va shundan (qilishdan) qaytardi. Saʼd aytdi: Men Rasululloh ﷺdan quruq xurmoni yangi (hoʻl) xurmo evaziga sotib olish haqida soʻralayotganini eshitdim, shunda u zot atrofidagilarga: «Hoʻl xurmo qurigach kamayadimi?», dedilar. Ular: «Ha», deyishdi. Shunda u zot shundan qaytardilar.