حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا الْحَجَّاجُ بْنُ مِنْهَالٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ قَتَادَةَ، وَثَابِتٍ، وَحُمَيْدٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ غَلاَ السِّعْرُ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ سَعِّرْ لَنَا . فَقَالَ " إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْمُسَعِّرُ الْقَابِضُ الْبَاسِطُ الرَّزَّاقُ وَإِنِّي لأَرْجُو أَنْ أَلْقَى رَبِّي وَلَيْسَ أَحَدٌ مِنْكُمْ يَطْلُبُنِي بِمَظْلَمَةٍ فِي دَمٍ وَلاَ مَالٍ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ zamonlarida narx koʻtarilib ketdi. Shunda (odamlar): «Yo Rasululloh, bizga narx belgilab bering», deyishdi. U zot: «Albatta, narx belgilovchi — Allohdir; U (rizqni) qisuvchi, (rizqni) keng qiluvchi va rizq beruvchidir. Men, sizlardan birortangiz qon yoki mol borasida menda boʻlgan zulm (haqi)ni talab qilmasligi holida, Robbimga yoʻliqishni umid qilaman», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.