حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا وَهْبُ بْنُ جَرِيرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ سَلَمَةَ بْنِ كُهَيْلٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَجُلاً، تَقَاضَى رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَغْلَظَ لَهُ فَهَمَّ بِهِ أَصْحَابُهُ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " دَعُوهُ فَإِنَّ لِصَاحِبِ الْحَقِّ مَقَالاً " ثُمَّ قَالَ " اشْتَرُوا لَهُ بَعِيرًا فَأَعْطُوهُ إِيَّاهُ " . فَطَلَبُوهُ فَلَمْ يَجِدُوا إِلاَّ سِنًّا أَفْضَلَ مِنْ سِنِّهِ . فَقَالَ " اشْتَرُوهُ فَأَعْطُوهُ إِيَّاهُ فَإِنَّ خَيْرَكُمْ أَحْسَنُكُمْ قَضَاءً " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh ﷺdan qarzini talab qilib, u zotga qoʻpollik qildi. Shunda sahobalar unga (gap qaytarmoqchi) boʻlishdi. Rasululloh ﷺ: «Uni qoʻyib beringlar, chunki haq egasiga (gapirishga) soʻz (haqqi) bor», dedilar. Soʻng: «Unga bir tuya sotib olib beringlar», dedilar. Ular izlashdi, ammo uning tuyasidan koʻra yaxshiroq (yoshdagi) tuyadan boshqasini topisholmadi. Shunda u zot: «Uni sotib olib beringlar, chunki sizlarning eng yaxshilaringiz — qarzni eng chiroyli ado etganlaringizdir», dedilar.