حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ عَابِسِ بْنِ رَبِيعَةَ، قَالَ قُلْتُ لأُمِّ الْمُؤْمِنِينَ أَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَنْهَى عَنْ لُحُومِ الأَضَاحِي قَالَتْ لاَ وَلَكِنْ قَلَّ مَنْ كَانَ يُضَحِّي مِنَ النَّاسِ فَأَحَبَّ أَنْ يُطْعَمَ مَنْ لَمْ يَكُنْ يُضَحِّي وَلَقَدْ كُنَّا نَرْفَعُ الْكُرَاعَ فَنَأْكُلُهُ بَعْدَ عَشَرَةِ أَيَّامٍ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . وَأُمُّ الْمُؤْمِنِينَ هِيَ عَائِشَةُ زَوْجُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَقَدْ رُوِيَ عَنْهَا هَذَا الْحَدِيثُ مِنْ غَيْرِ وَجْهٍ .
Obis ibn Robiʼa aytadi: Men Ummul-moʻminin (Oisha (roziyallohu anho))ga: «Rasululloh ﷺ qurbonlik goʻshtlari(ni saqlab yeyish)dan qaytarganmidilar?» dedim. U: «Yoʻq, lekin odamlardan qurbonlik qiladiganlar oz edi, shuning uchun (u zot) qurbonlik qilmaganlarga yedirilishini yoqtirdilar. Biz esa (qoʻyning) oyogʻini koʻtarib (saqlab) qoʻyar, soʻng uni oʻn kundan keyin yer edik», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Ummul-moʻminin — Nabiy ﷺning zavjalari Oishadir. Bu hadis undan bir necha yoʻl bilan rivoyat qilingan.