قَالَ مُجَاهِدٌ وَسُئِلَ ابْنُ عَبَّاسٍ عَنْ رَجُلٍ، يَصُومُ النَّهَارَ وَيَقُومُ اللَّيْلَ لاَ يَشْهَدُ جُمُعَةً وَلاَ جَمَاعَةً قَالَ هُوَ فِي النَّارِ . قَالَ حَدَّثَنَا بِذَلِكَ هَنَّادٌ حَدَّثَنَا الْمُحَارِبِيُّ عَنْ لَيْثٍ عَنْ مُجَاهِدٍ . قَالَ وَمَعْنَى الْحَدِيثِ أَنْ لاَ يَشْهَدَ الْجَمَاعَةَ وَالْجُمُعَةَ رَغْبَةً عَنْهَا وَاسْتِخْفَافًا بِحَقِّهَا وَتَهَاوُنًا بِهَا .
Mujohid (rahimahulloh) aytdi: Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan kunduzi roʻza tutadigan, kechasi qiyom (namoz) qiladigan, biroq jumaga ham, jamoatga ham hozir boʻlmaydigan kishi haqida soʻraldi. U: «U doʻzaxdadir», dedi. U (Abu Iso) dedi: Buni bizga Hannod aytib berdi, (u dediki) bizga al-Muhoribiy Laysdan, u Mujohiddan (rivoyat qilib) aytib berdi. U (Abu Iso) dedi: Hadisning maʼnosi shuki, (gunohkor) kishi jamoat va jumaga ulardan yuz oʻgirgan, ularning haqqini yengil sanagan va ularga loqaydlik qilgan holda hozir boʻlmasligidir.