وَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " لَوْ أَنَّ النَّاسَ يَعْلَمُونَ مَا فِي النِّدَاءِ وَالصَّفِّ الأَوَّلِ ثُمَّ لَمْ يَجِدُوا إِلاَّ أَنْ يَسْتَهِمُوا عَلَيْهِ لاَسْتَهَمُوا عَلَيْهِ " . قَالَ حَدَّثَنَا بِذَلِكَ إِسْحَاقُ بْنُ مُوسَى الأَنْصَارِيُّ حَدَّثَنَا مَعْنٌ حَدَّثَنَا مَالِكٌ عَنْ سُمَىٍّ عَنْ أَبِي صَالِحٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مِثْلَهُ .
Va Nabiy ﷺ: «Agar odamlar azonda va birinchi safda nima (savob) borligini bilsalar-u, soʻng uni faqat qurʼa tashlash bilangina topadigan boʻlsalar, albatta uning ustida qurʼa tashlashar edilar», dedilar. U (Abu Iso) aytdi: Buni bizga Ishoq ibn Muso al-Ansoriy rivoyat qildi, (u aytdi:) bizga Maʼn rivoyat qildi, (u aytdi:) bizga Molik Sumayydan, u Abu Solihdan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan shuning misli (hadisni) rivoyat qildi.