حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، وَابْنُ أَبِي عُمَرَ، قَالاَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا افْتَتَحَ الصَّلاَةَ يَرْفَعُ يَدَيْهِ حَتَّى يُحَاذِيَ مَنْكِبَيْهِ وَإِذَا رَكَعَ وَإِذَا رَفَعَ رَأْسَهُ مِنَ الرُّكُوعِ . وَزَادَ ابْنُ أَبِي عُمَرَ فِي حَدِيثِهِ وَكَانَ لاَ يَرْفَعُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ .
Solim otasi (Ibn Umar (roziyallohu anhumo))dan rivoyat qiladi. U: «Men Rasululloh ﷺni koʻrdimki, namozni boshlaganlarida qoʻllarini yelkalari barobariga koʻtarar, rukuʼ qilganlarida ham, boshlarini rukuʼdan koʻtarganlarida ham (shunday qilar) edilar», dedi. Ibn Abu Umar oʻz hadisida: «U zot ikki sajda orasida (qoʻllarini) koʻtarmas edilar», deb (rivoyatga) qoʻshdi.