وَقَدْ رُوِيَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ قَالَ " مَنْ بَنَى لِلَّهِ مَسْجِدًا صَغِيرًا كَانَ أَوْ كَبِيرًا بَنَى اللَّهُ لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ " . حَدَّثَنَا بِذَلِكَ قُتَيْبَةُ حَدَّثَنَا نُوحُ بْنُ قَيْسٍ عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ مَوْلَى قَيْسٍ عَنْ زِيَادٍ النُّمَيْرِيِّ عَنْ أَنَسٍ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِهَذَا .
Nabiy ﷺdan rivoyat qilinishicha, u zot: «Kim Alloh uchun masjid bino qilsa, u kichik boʻladimi yo katta, Alloh unga jannatda bir uy bino qiladi», dedilar. Buni bizga Qutayba aytib berdi: Bizga Nuh ibn Qays, Qaysning ozod qilgan quli Abdurrahmondan, u Ziyod an-Numayriydan, u Anas (roziyallohu anhu)dan, u Nabiy ﷺdan shu (hadisni) rivoyat qildi.