حَدَّثَنَا هَنَّادٌ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ عَطِيَّةَ الْقُرَظِيِّ، قَالَ عُرِضْنَا عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم يَوْمَ قُرَيْظَةَ فَكَانَ مَنْ أَنْبَتَ قُتِلَ وَمَنْ لَمْ يُنْبِتْ خُلِّيَ سَبِيلُهُ فَكُنْتُ مِمَّنْ لَمْ يُنْبِتْ فَخُلِّيَ سَبِيلِي . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . وَالْعَمَلُ عَلَى هَذَا عِنْدَ بَعْضِ أَهْلِ الْعِلْمِ أَنَّهُمْ يَرَوْنَ الإِنْبَاتَ بُلُوغًا إِنْ لَمْ يُعْرَفِ احْتِلاَمُهُ وَلاَ سِنُّهُ وَهُوَ قَوْلُ أَحْمَدَ وَإِسْحَاقَ .
Atiyya al-Quraziy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u: «Qurayza kuni biz Nabiy ﷺ huzurlariga koʻrik uchun olib chiqildik. Kimning (qovi) tuki chiqqan boʻlsa, oʻldirildi; tuki chiqmagan kishi esa yoʻliga qoʻyib yuborildi. Men tuki chiqmaganlardan edim, shuning uchun yoʻlimga qoʻyib yuborildim», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Baʼzi ilm ahli amali shunga koʻradir: agar kishining ihtilom boʻlgani yoki yoshi maʼlum boʻlmasa, ular (qovi) tukning chiqishini balogʻat alomati deb biladilar. Bu Ahmad va Ishoqning soʻzidir.