حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا الْعَطَّافُ بْنُ خَالِدٍ الْمَخْزُومِيُّ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ السَّاعِدِيِّ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " غَدْوَةٌ فِي سَبِيلِ اللَّهِ خَيْرٌ مِنَ الدُّنْيَا وَمَا فِيهَا وَمَوْضِعُ سَوْطٍ فِي الْجَنَّةِ خَيْرٌ مِنَ الدُّنْيَا وَمَا فِيهَا " . قَالَ أَبُو عِيسَى وَفِي الْبَابِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ وَابْنِ عَبَّاسٍ وَأَبِي أَيُّوبَ وَأَنَسٍ . وَهَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Sahl ibn Saʼd as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Alloh yoʻlida ertalab (bir bor) chiqish dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir. Jannatdagi bir qamchi joyi dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Abu Hurayra, Ibn Abbos, Abu Ayyub va Anasdan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasan sahihdir.