حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مِنْ أَجْرَإِ النَّاسِ وَأَجْوَدِ النَّاسِ وَأَشْجَعِ النَّاسِ . قَالَ وَقَدْ فَزِعَ أَهْلُ الْمَدِينَةِ لَيْلَةً سَمِعُوا صَوْتًا قَالَ فَتَلَقَّاهُمُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَلَى فَرَسٍ لأَبِي طَلْحَةَ عُرْىٍ وَهُوَ مُتَقَلِّدٌ سَيْفَهُ فَقَالَ " لَمْ تُرَاعُوا لَمْ تُرَاعُوا " . فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " وَجَدْتُهُ بَحْرًا " . يَعْنِي الْفَرَسَ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ صَحِيحٌ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ odamlarning eng botiri, eng saxiysi va eng jasuri edilar. (Anas) dedi: Bir kechasi Madina ahli bir ovozni eshitib qoʻrqib ketdi. Shunda Nabiy ﷺ Abu Talhaning egarsiz otiga minib, qilichlarini boʻyinlariga osib olgan holda ularning oldiga peshvoz chiqdilar va: «Qoʻrqmanglar, qoʻrqmanglar», dedilar. Soʻng Nabiy ﷺ — otni nazarda tutib — «Men uni (chopishi) dengizdek (tez) topdim», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis sahihdir.