حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مَنِيعٍ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، عَنْ حَمَّادِ بْنِ سَلَمَةَ، قَالَ رَأَيْتُ ابْنَ أَبِي رَافِعٍ يَتَخَتَّمُ فِي يَمِينِهِ فَسَأَلْتُهُ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ رَأَيْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ جَعْفَرٍ يَتَخَتَّمُ فِي يَمِينِهِ . وَقَالَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ جَعْفَرٍ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَتَخَتَّمُ فِي يَمِينِهِ . قَالَ وَقَالَ مُحَمَّدُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ هَذَا أَصَحُّ شَيْءٍ رُوِيَ فِي هَذَا الْبَابِ .
Hammod ibn Salama (rahimahulloh) aytdi: Men Ibn Abu Rofiʼni oʻng qoʻliga uzuk taqib yurganini koʻrdim va undan bu haqda soʻradim. U: «Men Abdulloh ibn Jaʼfarni oʻng qoʻliga uzuk taqib yurganini koʻrdim», dedi. Abdulloh ibn Jaʼfar esa: «Nabiy ﷺ oʻng qoʻllariga uzuk taqar edilar», degan. (Abu Iso) aytdi: Muhammad ibn Ismoil (Buxoriy) aytdi: Bu — shu bobda rivoyat qilingan eng sahih narsadir.