Umar ibn al-Xattob (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Zaytun yenglar va uning yogʻini surtinglar, zero, u muborak daraxtdandir», dedilar. Abu Iso aytdi: Biz bu hadisni faqat Abdurrazzoqning Maʼmardan qilgan rivoyati orqaligina bilamiz. Abdurrazzoq bu hadisni rivoyat qilishda iztirobga tushar edi: baʼzan uni «Umardan, u Nabiy ﷺdan» deb zikr qilsa, baʼzan shubha bilan rivoyat qilib, «Uni Umardan, u Nabiy ﷺdan deb oʻylayman», der edi; baʼzan esa «Zayd ibn Aslam, u otasidan, u Nabiy ﷺdan» deb mursal tarzda rivoyat qilardi.
Yuklanmoqda...