حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، يُخْبِرُهُمْ ذَاكَ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا كَفَى أَحَدَكُمْ خَادِمُهُ طَعَامَهُ حَرَّهُ وَدُخَانَهُ فَلْيَأْخُذْ بِيَدِهِ فَلْيُقْعِدْهُ مَعَهُ فَإِنْ أَبَى فَلْيَأْخُذْ لُقْمَةً فَلْيُطْعِمْهَا إِيَّاهُ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . وَأَبُو خَالِدٍ وَالِدُ إِسْمَاعِيلَ اسْمُهُ سَعْدٌ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan xabar berib rivoyat qiladiki, u zot: «Qachonki biringizning xizmatkori uning taomini — uning issigʻi va tutunini (koʻtarib) unga yetkazsa (tayyorlab bersa), qoʻlidan ushlab, uni oʻzi bilan (dasturxonga) oʻtqazsin. Agar (u) koʻnmasa, bir luqma olib, unga yedirsin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Ismoilning otasi Abu Xolidning ismi Saʼddir.