حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ وَاصِلٍ، عَنِ الْمَعْرُورِ بْنِ سُوَيْدٍ، عَنْ أَبِي ذَرٍّ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِخْوَانُكُمْ جَعَلَهُمُ اللَّهُ فِتْيَةً تَحْتَ أَيْدِيكُمْ فَمَنْ كَانَ أَخُوهُ تَحْتَ يَدِهِ فَلْيُطْعِمْهُ مِنْ طَعَامِهِ وَلْيُلْبِسْهُ مِنْ لِبَاسِهِ وَلاَ يُكَلِّفْهُ مَا يَغْلِبُهُ فَإِنْ كَلَّفَهُ مَا يَغْلِبُهُ فَلْيُعِنْهُ " . قَالَ وَفِي الْبَابِ عَنْ عَلِيٍّ وَأُمِّ سَلَمَةَ وَابْنِ عُمَرَ وَأَبِي هُرَيْرَةَ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Abu Zar (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Ular sizlarning birodarlaringizdir, Alloh ularni qoʻl ostingizdagi xizmatchilar qilib qoʻygan. Kimning birodari uning qoʻl ostida boʻlsa, oʻzi yeydiganidan unga yedirsin, oʻzi kiyadiganidan unga kiydirsin va uning kuchi yetmaydigan ishni unga yuklamasin. Agar kuchi yetmaydigan ishni yuklasa, unga yordamlashsin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu bobda Ali, Ummu Salama, Ibn Umar va Abu Hurayradan ham (rivoyat) bor. Bu hadis hasan sahihdir.