حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِيَّاكُمْ وَالظَّنَّ فَإِنَّ الظَّنَّ أَكْذَبُ الْحَدِيثِ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ . قَالَ وَسَمِعْتُ عَبْدَ بْنَ حُمَيْدٍ يَذْكُرُ عَنْ بَعْضِ أَصْحَابِ سُفْيَانَ قَالَ قَالَ سُفْيَانُ الظَّنُّ ظَنَّانِ فَظَنٌّ إِثْمٌ وَظَنٌّ لَيْسَ بِإِثْمٍ فَأَمَّا الظَّنُّ الَّذِي هُوَ إِثْمٌ فَالَّذِي يَظُنُّ ظَنًّا وَيَتَكَلَّمُ بِهِ وَأَمَّا الظَّنُّ الَّذِي لَيْسَ بِإِثْمٍ فَالَّذِي يَظُنُّ وَلاَ يَتَكَلَّمُ بِهِ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Gumondan saqlaninglar, zero, gumon — soʻzning eng yolgʻonidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. (Yana) aytdi: Abd ibn Humayd Sufyonning baʼzi shogirdlaridan zikr qilganini eshitdim; Sufyon aytibdi: Gumon ikki xil — gunoh boʻladigan gumon va gunoh boʻlmaydigan gumon. Gunoh boʻladigan gumon — kishi gumon qilib, uni (tilga olib) gapirishidir. Gunoh boʻlmaydigan gumon esa — kishi gumon qilib, uni (ogʻzidan chiqarib) gapirmasligidir.