حَدَّثَنَا أَبُو هِشَامٍ الرِّفَاعِيُّ، حَدَّثَنَا حَفْصُ بْنُ غِيَاثٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ مَا غِرْتُ عَلَى أَحَدٍ مِنْ أَزْوَاجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مَا غِرْتُ عَلَى خَدِيجَةَ وَمَا بِي أَنْ أَكُونَ أَدْرَكْتُهَا وَمَا ذَاكَ إِلاَّ لِكَثْرَةِ ذِكْرِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَهَا وَإِنْ كَانَ لَيَذْبَحُ الشَّاةَ فَيَتَتَبَّعُ بِهَا صَدَائِقَ خَدِيجَةَ فَيُهْدِيهَا لَهُنَّ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ صَحِيحٌ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Men Nabiy ﷺning ayollaridan hech biriga Xadijaga rashk qilganchalik rashk qilmaganman, holbuki men uni koʻrmaganman. Bu faqat Rasululloh ﷺning uni koʻp eslaganliklari sababidan edi. Hatto u zot qoʻy soʻyganlarida, Xadijaning dugonalarini topib, ulardan (qoʻyni) ularga sovgʻa qilar edilar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻarib sahihdir.