حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مَنِيعٍ، قال حَدَّثَنَا عَبِيدَةُ بْنُ حُمَيْدٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أُرَاهُ رَفَعَهُ قَالَ " مَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِحَدِيدَةٍ جَاءَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَحَدِيدَتُهُ فِي يَدِهِ يَتَوَجَّأُ بِهَا فِي بَطْنِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا أَبَدًا وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِسُمٍّ فَسُمُّهُ فِي يَدِهِ يَتَحَسَّاهُ فِي نَارِ جَهَنَّمَ خَالِدًا مُخَلَّدًا أَبَدًا " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi — uni (Nabiy ﷺga) marfuʼ (qilib aytgan) deb oʻylayman: «Kim oʻzini temir (qurol) bilan oʻldirsa, qiyomat kuni temiri qoʻlida holda keladi va u bilan jahannam oʻtida qornini sanchadi, unda mangu, abadiy qoladi. Kim oʻzini zahar bilan oʻldirsa, zahari qoʻlida boʻladi va uni jahannam oʻtida hoʻplab ichadi, unda mangu, abadiy qoladi», dedilar.