حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، قال حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَبِي حَازِمٍ، قَالَ سُئِلَ سَهْلُ بْنُ سَعْدٍ وَأَنَا أَسْمَعُ، بِأَىِّ شَيْءٍ دُووِيَ جُرْحُ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ مَا بَقِيَ أَحَدٌ أَعْلَمُ بِهِ مِنِّي كَانَ عَلِيٌّ يَأْتِي بِالْمَاءِ فِي تُرْسِهِ وَفَاطِمَةُ تَغْسِلُ عَنْهُ الدَّمَ وَأُحْرِقَ لَهُ حَصِيرٌ فَحُشِيَ بِهِ جُرْحُهُ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Abu Hozim (rahimahulloh) aytdi: Men eshitib turganimda, Sahl ibn Saʼddan: «Rasululloh ﷺning jarohati nima bilan davolandi?» deb soʻraldi. U: «Buni mendan koʻra biluvchi hech kim qolmagan. Ali qalqonida suv keltirar, Fotima undan qonni yuvar edi. (U zot) uchun boʻyra yondirilib, jarohati shu (kuli) bilan toʻldirilgan edi», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.