حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، قال: حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، عَنْ عَوْسَجَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، أَنَّ رَجُلاً، مَاتَ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَلَمْ يَدَعْ وَارِثًا إِلاَّ عَبْدًا هُوَ أَعْتَقَهُ فَأَعْطَاهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مِيرَاثَهُ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ . وَالْعَمَلُ عِنْدَ أَهْلِ الْعِلْمِ فِي هَذَا الْبَابِ إِذَا مَاتَ الرَّجُلُ وَلَمْ يَتْرُكْ عَصَبَةً أَنَّ مِيرَاثَهُ يُجْعَلُ فِي بَيْتِ مَالِ الْمُسْلِمِينَ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ zamonida bir kishi vafot etdi va oʻzi ozod qilgan bir quldan boshqa hech qanday voris qoldirmadi. Shunda Nabiy ﷺ uning merosini oʻsha (ozod qilingan qul)ga berdilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Bu bobda ilm ahli shunga amal qilganlar: kishi vafot etib, asaba (otasi tomonidan qarindosh) qoldirmasa, uning merosi musulmonlarning baytulmoliga qoʻyiladi.