حَدَّثَنَا أَزْهَرُ بْنُ مَرْوَانَ الْبَصْرِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَوَاءٍ، حَدَّثَنَا أَبُو مَعْشَرٍ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " تَهَادَوْا فَإِنَّ الْهَدِيَّةَ تُذْهِبُ وَحَرَ الصَّدْرِ وَلاَ تَحْقِرَنَّ جَارَةٌ لِجَارَتِهَا وَلَوْ شِقَّ فِرْسِنِ شَاةٍ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ . وَأَبُو مَعْشَرٍ اسْمُهُ نَجِيحٌ مَوْلَى بَنِي هَاشِمٍ وَقَدْ تَكَلَّمَ فِيهِ بَعْضُ أَهْلِ الْعِلْمِ مِنْ قِبَلِ حِفْظِهِ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Bir-biringizga hadya bering, chunki hadya koʻngildagi kekni (adovatni) ketkazadi. Bir qoʻshni ayol oʻz qoʻshnisi (bergan narsa)ni — agar u qoʻyning bir boʻlak tuyogʻi boʻlsa ham — kamsitib, mensimay qoʻymasin», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis bu yoʻldan gʻaribdir. Abu Maʼsharning ismi Najih boʻlib, Banu Hoshimning ozod qilingan qulidir. Baʼzi ilm ahli uning yodlash (qobiliyati) tomonidan unga (taʼn) gapirganlar.