حَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ عَلِيٍّ الْخَلاَّلُ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، أَخْبَرَنَا هِشَامُ بْنُ حَسَّانَ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ ضَبَّةَ بْنِ مِحْصَنٍ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِنَّهُ سَيَكُونُ عَلَيْكُمْ أَئِمَّةٌ تَعْرِفُونَ وَتُنْكِرُونَ فَمَنْ أَنْكَرَ فَقَدْ بَرِئَ وَمَنْ كَرِهَ فَقَدْ سَلِمَ وَلَكِنْ مَنْ رَضِيَ وَتَابَعَ " . فَقِيلَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَفَلاَ نُقَاتِلُهُمْ قَالَ " لاَ مَا صَلَّوْا " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Ummu Salama (roziyallohu anho) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Albatta, ustingizda shunday imomlar (rahbarlar) boʻladiki, sizlar (ularning ishlarining baʼzisini) maʼqul, (baʼzisini) nomaʼqul koʻrasizlar. Kim (yomonlikni) inkor qilsa, baridir; kim (uni) yomon koʻrsa, salomat qoladi; lekin kim rozi boʻlib, (unga) ergashsa (gunohkordir)», dedilar. «Ey Rasululloh, ularga qarshi jang qilmaylikmi?» deyildi. U zot: «Yoʻq, modomiki ular namoz oʻqir ekanlar», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.