حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ أَبِي هُرَيْرَةَ وَعَلَيْهِ ثَوْبَانِ مُمَشَّقَانِ مِنْ كَتَّانٍ فَتَمَخَّطَ فِي أَحَدِهِمَا ثُمَّ قَالَ بَخٍ بَخٍ يَتَمَخَّطُ أَبُو هُرَيْرَةَ فِي الْكَتَّانِ لَقَدْ رَأَيْتُنِي وَإِنِّي لأَخِرُّ فِيمَا بَيْنَ مِنْبَرِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَحُجْرَةِ عَائِشَةَ مِنَ الْجُوعِ مَغْشِيًّا عَلَىَّ فَيَجِيءُ الْجَائِي فَيَضَعُ رِجْلَهُ عَلَى عُنُقِي يُرَى أَنَّ بِيَ الْجُنُونَ وَمَا بِي جُنُونٌ وَمَا هُوَ إِلاَّ الْجُوعُ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ غَرِيبٌ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ.
Muhammad ibn Siyrin (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Biz Abu Hurayra (roziyallohu anhu)ning huzurida edik, ularning egnida zogʻora bilan boʻyalgan ikkita zigʻir kiyim bor edi. U ularning biriga burnini artdi-da, soʻng dedi: «Bah-bah! Abu Hurayra zigʻir matoga burnini artyaptimi! Men shunday paytni koʻrganmanki, Rasululloh ﷺning minbarlari bilan Oishaning hujrasi orasiga ochlikdan hushimdan ketib yiqilar edim, kelgan kishi meni jinni deb oʻylab, oyogʻini boʻynimga qoʻyar edi, holbuki menda jinni-pinnilik yoʻq, balki bu faqat ochlik edi». Abu Iso aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan sahih gʻaribdir.