حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ سَعِيدٍ، وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ مَهْدِيٍّ، قَالاَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ الأَقْمَرِ، عَنْ أَبِي حُذَيْفَةَ، وَكَانَ، مِنْ أَصْحَابِ ابْنِ مَسْعُودٍ عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ حَكَيْتُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رَجُلاً فَقَالَ " مَا يَسُرُّنِي أَنِّي حَكَيْتُ رَجُلاً وَأَنَّ لِي كَذَا وَكَذَا " . قَالَتْ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ صَفِيَّةَ امْرَأَةٌ وَقَالَتْ بِيَدِهَا هَكَذَا كَأَنَّهَا تَعْنِي قَصِيرَةً . فَقَالَ " لَقَدْ مَزَجْتِ بِكَلِمَةٍ لَوْ مَزَجْتِ بِهَا مَاءَ الْبَحْرِ لَمُزِجَ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Men Nabiy ﷺga bir kishini taqlid qilib koʻrsatib berdim. Shunda u zot: ‹Bir kishini taqlid qilib koʻrsatishim menga mol-dunyo berilsa ham, meni xursand qilmaydi›, dedilar», dedi. (Oisha) aytdi: «Men: ‹Ey Allohning Rasuli, Safiyya — pakana ayol›, dedim va qoʻlim bilan uning pastligini bildiruvchidek ishora qildim. Shunda u zot: ‹Sen shunday bir soʻz aytding-ki, agar uni dengiz suviga aralashtirsang ham, (dengiz suvi) buzilur edi›, dedilar».