حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا رَوْحُ بْنُ عُبَادَةَ، عَنِ الأَوْزَاعِيِّ، عَنْ يَحْيَى بْنِ أَبِي كَثِيرٍ، فِي قَوْلِهِ عَزَّ وَجَلَّ: (فَهُمْ فِي رَوْضَةٍ يُحْبَرُونَ ) قَالَ السَّمَّاعُ . وَمَعْنَى السَّمَّاعِ مِثْلَ مَا وَرَدَ فِي الْحَدِيثِ أَنَّ الْحُورَ الْعِينَ يُرَفِّعْنَ بِأَصْوَاتِهِنَّ .
Yahyo ibn Abu Kasir (rahimahulloh) Alloh azza va jallaning: {Ana shunda ular jannatda quvonib-shodlanurlar} (Rum 15) degan oyati haqida aytdi: «(Bu) qoʻshiq tinglashdir». Qoʻshiq tinglashning maʼnosi hadisda kelganidek, hur ul-iyn (jannat hurlari) ovozlarini koʻtarib (kuylashlari)dir.