حَدَّثَنَا هَنَّادٌ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَنْ تَوَضَّأَ فَأَحْسَنَ الْوُضُوءَ ثُمَّ أَتَى الْجُمُعَةَ فَدَنَا وَاسْتَمَعَ وَأَنْصَتَ غُفِرَ لَهُ مَا بَيْنَهُ وَبَيْنَ الْجُمُعَةِ وَزِيَادَةُ ثَلاَثَةِ أَيَّامٍ وَمَنْ مَسَّ الْحَصَى فَقَدْ لَغَا " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Kim tahorat qilib, tahoratini chiroyli qilsa, soʻng jumaga kelib, (imomga) yaqinlashsa, quloq solsa va jim turib tinglasa, u bilan (oldingi) juma orasidagi (gunohlari), yana uch kunlik (gunohlari ham) qoʻshib kechiriladi. Kim shagʻalni (qoʻli bilan) ushlab oʻynasa, behuda ish qilibdi», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hasan sahih hadisdir.