حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَبْدِ الْمَلِكِ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ، يُحَدِّثُ عَنْ أَبِيهِ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " نَضَّرَ اللَّهُ امْرَأً سَمِعَ مَقَالَتِي فَوَعَاهَا وَحَفِظَهَا وَبَلَّغَهَا فَرُبَّ حَامِلِ فِقْهٍ إِلَى مَنْ هُوَ أَفْقَهُ مِنْهُ . ثَلاَثٌ لاَ يُغَلُّ عَلَيْهِنَّ قَلْبُ مُسْلِمٍ إِخْلاَصُ الْعَمَلِ لِلَّهِ وَمُنَاصَحَةُ أَئِمَّةِ الْمُسْلِمِينَ وَلُزُومِ جَمَاعَتِهِمْ فَإِنَّ الدَّعْوَةَ تُحِيطُ مِنْ وَرَائِهِمْ " .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot: «Mening soʻzimni eshitib, uni anglagan, yodlab olgan va (boshqasiga) yetkazgan kishini Alloh yashnatsin! Negaki, fiqh tashuvchi qancha kishi bor, uni oʻzidan koʻra fahmliroq kishiga yetkazadi. Uch (xislat) borki, ularda musulmonning qalbi xiyonat qilmaydi (yaʼni gina-kudurat saqlamaydi): amalni Alloh uchun xolis qilish, musulmonlarning imomlariga nasihat qilish va ularning jamoatidan ajralmaslik. Zero, daʼvat ularni ortidan oʻrab turadi», dedilar.