حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الْكُوفِيُّ، حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ بَشِيرٍ، عَنْ شَبِيبِ بْنِ بِشْرٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ يَسْتَحْمِلُهُ فَلَمْ يَجِدْ عِنْدَهُ مَا يَتَحَمَّلُهُ فَدَلَّهُ عَلَى آخَرَ فَحَمَلَهُ . فَأَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَهُ فَقَالَ " إِنَّ الدَّالَّ عَلَى الْخَيْرِ كَفَاعِلِهِ " . وَفِي الْبَابِ عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْبَدْرِيِّ وَبُرَيْدَةَ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ مِنْ حَدِيثِ أَنَسٍ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺning huzurlariga bir kishi ulov soʻrab keldi, u zotning huzurlarida unga beradigan ulov boʻlmadi, shuning uchun u zot uni boshqa bir kishiga yoʻlladilar va u (kishi) unga ulov berdi. Soʻng u Nabiy ﷺning huzurlariga kelib, bundan xabar berdi. Shunda u zot: «Albatta, yaxshilikka yoʻllovchi uni qilguvchi kabidir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis Anasdan, Nabiy ﷺdan (qilingan) bu jihatdan gʻaribdir.