حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ السَّاعِدِيِّ، أَنَّ رَجُلاً، اطَّلَعَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ جُحْرٍ فِي حُجْرَةِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَمَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مِدْرَاةٌ يَحُكُّ بِهَا رَأْسَهُ فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " لَوْ عَلِمْتُ أَنَّكَ تَنْظُرُ لَطَعَنْتُ بِهَا فِي عَيْنِكَ إِنَّمَا جُعِلَ الاِسْتِئْذَانُ مِنْ أَجْلِ الْبَصَرِ " . وَفِي الْبَابِ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Sahl ibn Saad as-Soidiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺning hujralaridan biridagi teshikdan Rasululloh ﷺga moʻraladi. U zotning qoʻlida boshlarini taraydigan temir taroq bor edi. Shunda Nabiy ﷺ: «Agar sen qarayotganingni bilganimda, buni koʻzingga sanchgan boʻlardim. Izn soʻrash faqat koʻz (qarash) tufayli joriy qilingan», dedilar. Bu bobda Abu Hurayradan ham (hadis) bor. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.