حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ، حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ الْحَارِثِ، عَنْ عَنْبَسَةَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ زَاذَانَ، عَنْ أُمِّ سَعْدٍ، عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ، قَالَ دَخَلْتُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَبَيْنَ يَدَيْهِ كَاتِبٌ فَسَمِعْتُهُ يَقُولُ " ضَعِ الْقَلَمَ عَلَى أُذُنِكَ فَإِنَّهُ أَذْكَرُ لِلْمُمْلِي " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ غَرِيبٌ لاَ نَعْرِفُهُ إِلاَّ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ وَهُوَ إِسْنَادٌ ضَعِيفٌ . وَعَنْبَسَةُ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ وَمُحَمَّدُ بْنُ زَاذَانَ يُضَعَّفَانِ فِي الْحَدِيثِ .
Zayd ibn Sobit (roziyallohu anhu) aytadi: Men Rasululloh ﷺning huzurlariga kirdim, u zotning oldilarida bir kotib bor edi. Men u zotning: «Qalamni qulogʻingga qoʻy, chunki bu yozdiruvchi(ning soʻzini) yodda saqlashga koʻproq (yordam) beradi», deyayotganlarini eshitdim. Abu Iso aytdi: Bu hadis gʻaribdir, biz uni faqat shu yoʻl bilan bilamiz, uning isnodi zaifdir. Anbasa ibn Abdurahmon va Muhammad ibn Zazon hadisda zaif sanaladilar.