حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ مَنِيعٍ، حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ مُعَاذٍ، وَيَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، قَالاَ حَدَّثَنَا بَهْزُ بْنُ حَكِيمٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، قَالَ قُلْتُ يَا نَبِيَّ اللَّهِ عَوْرَاتُنَا مَا نَأْتِي مِنْهَا وَمَا نَذَرُ قَالَ " احْفَظْ عَوْرَتَكَ إِلاَّ مِنْ زَوْجَتِكَ أَوْ مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ " . قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذَا كَانَ الْقَوْمُ بَعْضُهُمْ فِي بَعْضٍ قَالَ " إِنِ اسْتَطَعْتَ أَنْ لاَ يَرَاهَا أَحَدٌ فَلاَ يَرَيَنَّهَا " . قَالَ قُلْتُ يَا نَبِيَّ اللَّهِ إِذَا كَانَ أَحَدُنَا خَالِيًا قَالَ " فَاللَّهُ أَحَقُّ أَنْ يَسْتَحْيِيَ مِنْهُ النَّاسُ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ .
Muoviya ibn Hayda (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Ey Allohning Paygʻambari, avratlarimizning qaysisini ochishimiz, qaysisini berkitishimiz mumkin?» dedim. U zot: «Avratingni xotiningdan yoki qoʻling ostidagi choridan boshqa (hammadan) berkit», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, odamlar bir-birlarining ichida (jamlangan) boʻlsa-chi?» dedim. U zot: «Agar uni hech kim koʻrmasligiga qodir boʻlsang, hech kim uni koʻrmasin», dedilar. «Ey Allohning Paygʻambari, birovimiz yolgʻiz boʻlsa-chi?» dedim. U zot: «Alloh undan uyalishga odamlardan koʻra haqliroqdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir.