حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ أَبِي حَكِيمٍ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ عَاصِمٍ الأَحْوَلِ، قَالَ سَأَلْتُ أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ عَنِ الصَّفَا، وَالْمَرْوَةِ، فَقَالَ كَانَا مِنْ شَعَائِرِ الْجَاهِلِيَّةِ فَلَمَّا كَانَ الإِسْلاَمُ أَمْسَكْنَا عَنْهُمَا فَأَنْزَلَ اللَّهُ : ( إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ فَمَنْ حَجَّ الْبَيْتَ أَوِ اعْتَمَرَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْهِ أَنْ يَطَّوَّفَ بِهِمَا ) قَالَ هُمَا تَطَوُّعٌ (فَمَنْ تَطَوَّعَ خَيْرًا فَإِنَّ اللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ ) . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Osim al-Ahval (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadiki, u: «Men Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan Safo va Marva haqida soʻradim. U: ‹Ular johiliyat belgilaridan edi. Islom kelgach, biz ulardan tiyildik. Shunda Alloh: {Albatta, Safo bilan Marva Allohning belgilaridandir. Kim Baytni hajj qilsa yoki umra qilsa, ular orasida saʼy qilishida unga gunoh yoʻq} oyatini nozil qildi›, dedi. ‹Ular ikkisi (ortiqcha) nafl ibodatdir: {Kim oʻz ixtiyori bilan yaxshilik qilsa, albatta, Alloh shukr qiluvchi va biluvchidir}›, dedi», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih hadisdir.