حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُوسَى، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنِ السُّدِّيِّ، قَالَ حَدَّثَنِي مَنْ، سَمِعَ عَلِيًّا، يَقُولُ لَمَّا نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ : (إِنْ تُبْدُوا مَا فِي أَنْفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُمْ بِهِ اللَّهُ فَيَغْفِرُ لِمَنْ يَشَاءُ وَيُعَذِّبُ مَنْ يَشَاءُ ) الآيَةَ أَحْزَنَتْنَا قَالَ قُلْنَا يُحَدِّثُ أَحَدُنَا نَفْسَهُ فَيُحَاسَبُ بِهِ لاَ نَدْرِي مَا يُغْفَرُ مِنْهُ وَلاَ مَا لاَ يُغْفَرُ فَنَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ بَعْدَهَا فَنَسَخَتْهَا ( لاَ يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلاَّ وُسْعَهَا لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا اكْتَسَبَتْ ).
Ali (roziyallohu anhu) aytadi: {Agar dilingizdagini oshkor qilsangiz ham, yoki uni yashirsangiz ham, Alloh sizlarni u bilan hisob-kitob qiladi. Soʻng xohlagan kishisini magʻfirat qiladi va xohlagan kishisini azoblaydi} (Baqara 284) degan bu oyat nozil boʻlganda, bu bizni qaygʻuga soldi. Biz: «Birimiz koʻnglidan biror narsani oʻtkazsa, u bilan hisob-kitob qilinadi; undan nimasi magʻfirat qilinadi, nimasi qilinmasligini bilmaymiz», dedik. Shunda undan keyin bu oyat nozil boʻlib, uni nasx qildi: {Alloh hech bir jonga toqatidan ortigʻini yuklamaydi. Uning kasb qilgani (savobi) oʻziga, qilgan (gunohi) ham oʻziga(dir)} (Baqara 286).