حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ حَبِيبِ بْنِ عَرَبِيٍّ الْبَصْرِيُّ، حَدَّثَنَا خَالِدُ بْنُ الْحَارِثِ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ عَجْلاَنَ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَدْعُو عَلَى أَرْبَعَةِ نَفَرٍ فَأَنْزَلَ اللَّهُ : (لَيْسَ لَكَ مِنَ الأَمْرِ شَيْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَالِمُونَ ) فَهَدَاهُمُ اللَّهُ لِلإِسْلاَمِ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ صَحِيحٌ يُسْتَغْرَبُ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ مِنْ حَدِيثِ نَافِعٍ عَنِ ابْنِ عُمَرَ وَرَوَاهُ يَحْيَى بْنُ أَيُّوبَ عَنِ ابْنِ عَجْلاَنَ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ toʻrt kishining ustidan (yomonlik tilab) duo qilar edilar. Shunda Alloh: {Bu ishda sening qoʻlingda hech narsa yoʻq, (Alloh) yo ularning tavbasini qabul qiladi, yoki ularni azoblaydi, chunki ular zolimlardir} (Oli Imron 128) (oyatini) nozil qildi. Soʻng Alloh ularni Islomga hidoyat qildi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻarib sahihdir, u Nofeʼning Ibn Umardan (rivoyati) boʻlgan bu yoʻ ldan gʻarib sanaladi. Uni Yahyo ibn Ayyub ham Ibn Ajlondan rivoyat qilgan.