حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، أَخْبَرَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، أَخْبَرَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ عَمَّارِ بْنِ أَبِي عَمَّارٍ، قَالَ قَرَأَ ابْنُ عَبَّاسٍ : ( الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِينًا ) وَعِنْدَهُ يَهُودِيٌّ فَقَالَ لَوْ أُنْزِلَتْ هَذِهِ عَلَيْنَا لاَتَّخَذْنَا يَوْمَهَا عِيدًا . قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ فَإِنَّهَا نَزَلَتْ فِي يَوْمِ عِيدٍ فِي يَوْمِ جُمُعَةٍ وَيَوْمِ عَرَفَةَ . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ مِنْ حَدِيثِ ابْنِ عَبَّاسٍ وَهُوَ صَحِيحٌ .
Ammor ibn Abu Ammor (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ibn Abbos: {Bugun sizlarga diningizni kamolga yetkazdim, sizlarga neʼmatimni toʻla-toʻkis qildim va sizlarga din boʻlib islomni rozi boʻldim} (Moida 3) (oyatini) oʻqidi, uning yonida bir yahudiy bor edi. U: «Agar bu (oyat) bizga nozil qilinganida edi, oʻsha kunini bayram qilib olar edik», dedi. Shunda Ibn Abbos: «U ikki bayramda — juma kuni va Arafa kuni nozil boʻlgan», dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis Ibn Abbosning rivoyatidan hasan gʻaribdir va u sahihdir.