حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُوسَى، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ الْبَرَاءِ، قَالَ مَاتَ رِجَالٌ مِنْ أَصْحَابِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَبْلَ أَنْ تُحَرَّمَ الْخَمْرُ فَلَمَّا حُرِّمَتِ الْخَمْرُ قَالَ رِجَالٌ كَيْفَ بِأَصْحَابِنَا وَقَدْ مَاتُوا يَشْرَبُونَ الْخَمْرَ فَنَزَلَتْ : ( لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوْا وَآمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ) . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Baroʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺning sahobalaridan baʼzi kishilar xamr harom qilinishidan oldin vafot etdilar. Xamr harom qilinganida, baʼzi kishilar: «Xamr ichib turgan holda vafot etgan oʻrtoqlarimizning ahvoli qanday boʻladi?» dedilar. Shunda: {Imon keltirgan va yaxshi amallar qilganlar uchun, agar (kelajakda) taqvo qilib, imon keltirib, yaxshi amallar qilsalar, (avval) yegan narsalarida gunoh yoʻqdir} (Moida 93) oyati nozil boʻldi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.