حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ أَبِي رِزْمَةَ، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنْ سِمَاكٍ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ أَرَأَيْتَ الَّذِينَ مَاتُوا وَهُمْ يَشْرَبُونَ الْخَمْرَ لَمَّا نَزَلَ تَحْرِيمُ الْخَمْرِ فَنَزَلَتْْ : ( لَيْسَ عَلَى الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوا إِذَا مَا اتَّقَوْا وَآمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ ) . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Xamrning harom qilinishi nozil boʻlganida, (sahobalar): «Ey Allohning Rasuli, xamr ichib turgan holda vafot etganlar haqida nima deysiz?» dedilar. Shunda: {Imon keltirgan va yaxshi amallar qilganlar uchun, agar (kelajakda) taqvo qilib, imon keltirib, yaxshi amallar qilsalar, (avval) yegan narsalarida gunoh yoʻqdir} (Moida 93) oyati nozil boʻldi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.