حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ خَشْرَمٍ، أَخْبَرَنَا عِيسَى بْنُ يُونُسَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ : لَمَّا نَزَلَتْ: ( الَّذِينَ آمَنُوا وَلَمْ يَلْبِسُوا إِيمَانَهُمْ بِظُلْمٍ ) شَقَّ ذَلِكَ عَلَى الْمُسْلِمِينَ فَقَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ وَأَيُّنَا لاَ يَظْلِمُ نَفْسَهُ . قَالَ " لَيْسَ ذَلِكَ إِنَّمَا هُوَ الشِّرْكُ أَلَمْ تَسْمَعُوا مَا قَالَ لُقْمَانُ لاِبْنِهِ : ( يَا بُنَيَّ لاَ تُشْرِكْ بِاللَّهِ إِنَّ الشِّرْكَ لَظُلْمٌ عَظِيمٌ ) " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: {Iymon keltirganlar va iymonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmaganlar} (oyati) nozil boʻlganida, bu musulmonlarga ogʻir botdi va ular: «Ey Allohning Rasuli! Qaysi birimiz oʻziga zulm qilmaydi?» dedilar. U zot: «Bu u (maʼno) emas, balki u faqat shirkdir. Luqmon oʻgʻliga aytgan: {Ey oʻgʻilcham! Allohga shirk keltirma, albatta shirk katta zulmdir} (soʻzini) eshitmadingizmi?» dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.