حَدَّثَنَا زِيَادُ بْنُ أَيُّوبَ الْبَغْدَادِيُّ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا هَمَّامٌ، حَدَّثَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ أَبَا بَكْرٍ، حَدَّثَهُ قَالَ قُلْتُ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَنَحْنُ فِي الْغَارِ لَوْ أَنَّ أَحَدَهُمْ يَنْظُرُ إِلَى قَدَمَيْهِ لأَبْصَرَنَا تَحْتَ قَدَمَيْهِ . فَقَالَ " يَا أَبَا بَكْرٍ! مَا ظَنُّكَ بِاثْنَيْنِ اللَّهُ ثَالِثُهُمَا؟ " .
قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ غَرِيبٌ إِنَّمَا يُعْرَفُ مِنْ حَدِيثِ هَمَّامٍ تَفَرَّدَ بِهِ . وَقَدْ رَوَى هَذَا الْحَدِيثَ حَبَّانُ بْنُ هِلاَلٍ وَغَيْرُ وَاحِدٍ عَنْ هَمَّامٍ نَحْوَ هَذَا .
Abu Bakr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz gʻorda boʻlgan paytimizda men Nabiy ﷺga: «Agar ulardan biri oyoqlari (ostiga) qarasa, oyoqlari ostida bizni koʻrib qolar edi», dedim. Shunda u zot: «Ey Abu Bakr! Uchinchisi Alloh boʻlgan ikki (kishi) haqida nima deb oʻylaysan?» dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir, u faqat Hammomning hadisidan bilinadi, u bu (rivoyatda) yagona qolgan. Bu hadisni Habbon ibn Hilol va boshqa bir nechtasi Hammomdan shunga oʻxshash rivoyat qilganlar.