حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ، عَنْ أَبِي مَعْمَرٍ، عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ، قَالَ دَخَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مَكَّةَ عَامَ الْفَتْحِ وَحَوْلَ الْكَعْبَةِ ثَلاَثُمِائَةٍ وَسِتُّونَ نُصُبًا فَجَعَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَطْعَنُهَا بِمِخْصَرَةٍ فِي يَدِهِ وَرُبَّمَا قَالَ بِعُودٍ وَيَقُولُ : (جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقًا ) : (جَاءَ الْحَقُّ وَمَا يُبْدِئُ الْبَاطِلُ وَمَا يُعِيدُ ) . قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ وَفِيهِ عَنِ ابْنِ عُمَرَ .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Fath yili Makkaga kirdilar. Kaʼba atrofida uch yuz oltmishta but bor edi. Nabiy ﷺ qoʻllaridagi tayoq bilan — baʼzan «yogʻoch bilan» deb ham aytdi — ularni nuqiy boshladilar va: {Haq keldi va botil yoʻq boʻldi. Albatta, botil yoʻq boʻluvchidir} (Isro 81), {Haq keldi va botil na (yangidan) boshlay oladi, na qaytara oladi} (Saba 49), der edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir. Bu haqda Ibn Umardan ham (rivoyat) bor.