حَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، أَخْبَرَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُوسَى، عَنْ إِسْرَائِيلَ، عَنِ السُّدِّيِّ، قَالَ سَأَلْتُ مُرَّةَ الْهَمْدَانِيَّ عَنْ قَوْلِ اللَّهِ، عَزَّ وَجَلَّ : ( وإِنْ مِنْكُمْ إِلاَّ وَارِدُهَا ) فَحَدَّثَنِي أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ حَدَّثَهُمْ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " يَرِدُ النَّاسُ النَّارَ ثُمَّ يَصْدُرُونَ مِنْهَا بِأَعْمَالِهِمْ فَأَوَّلُهُمْ كَلَمْحِ الْبَرْقِ ثُمَّ كَالرِّيحِ ثُمَّ كَحُضْرِ الْفَرَسِ ثُمَّ كَالرَّاكِبِ فِي رَحْلِهِ ثُمَّ كَشَدِّ الرَّجُلِ ثُمَّ كَمَشْيِهِ " . قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ . وَرَوَاهُ شُعْبَةُ عَنِ السُّدِّيِّ فَلَمْ يَرْفَعْهُ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U Allohning {Sizlardan unga (jahannamga) yaqin bormaydigan birorta ham yoʻq} (Maryam 71) degan oyati haqida soʻralganda aytdiki, Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Odamlar doʻzaxga (uning ustidagi koʻprikka) keladilar, soʻng oʻz amallariga qarab undan oʻtib ketadilar. Ularning birinchisi chaqmoq yorugʻidek, soʻng shamoldek, soʻng chopayotgan otdek, soʻng ulovida ketayotgan chavandozdek, soʻng yugurayotgan kishidek, soʻng yurib ketayotgan kishidek oʻtadi». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Uni Shuʼba ham as-Suddiydan rivoyat qilgan, lekin uni marfuʼ qilmagan (Paygʻambarga nisbat bermagan).