حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا أَبُو أَحْمَدَ الزُّبَيْرِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مُسْلِمٍ الْبَطِينِ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ لَمَّا أُخْرِجَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم مِنْ مَكَّةَ قَالَ رَجُلٌ أَخْرَجُوا نَبِيَّهُمْ فَنَزَلَتْ : ( أذِنَ لِلَّذِينَ يُقَاتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا وَإِنَّ اللَّهَ عَلَى نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ * الَّذِينَ أُخْرِجُوا مِنْ دِيَارِهِمْ بِغَيْرِ حَقٍّ ) النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم وَأَصْحَابُهُ .
Said ibn Jubayr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Nabiy ﷺ Makkadan chiqarilganlarida, bir kishi: «Ular oʻz paygʻambarlarini chiqarib yubordilar», dedi. Shunda {Zulmga uchraganliklari sababli, oʻzlariga qarshi urush ochilgan kishilarga (jang qilishga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga yordam berishga qodirdir. Ular nohaq ravishda oʻz diyorlaridan chiqarilgan kishilardir} (Haj 39-40) oyati nozil boʻldi. (Bu) Nabiy ﷺ va u zotning sahobalari (haqida edi).