حَدَّثَنَا نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ الْجَهْضَمِيُّ، حَدَّثَنَا الْمُعْتَمِرُ بْنُ سُلَيْمَانَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ سُلَيْمَانَ الأَعْمَشِ، عَنْ عَطِيَّةَ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ، قَالَ لَمَّا كَانَ يَوْمُ بَدْرٍ ظَهَرَتِ الرُّومُ عَلَى فَارِسَ فَأَعْجَبَ ذَلِكَ الْمُؤْمِنِينَ فَنَزَلَتْ : ( الم *غَلَبَتِ الرُّومُ ) إِلَى قَوْلِهِ : (يفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ بِنَصْرِ اللَّهِ ) قَالَ فَفَرِحَ الْمُؤْمِنُونَ بِظُهُورِ الرُّومِ عَلَى فَارِسَ . قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ مِنْ هَذَا الْوَجْهِ كَذَا قَرَأَ نَصْرُ بْنُ عَلِيٍّ : (غَلَبَتِ الرُّومُ ) .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U: «Badr kuni boʻlganda, rumliklar forslar ustidan gʻalaba qildilar. Bu moʻminlarni xursand qildi. Shunda: {Alif, lam, mim. Rumliklar magʻlub boʻldilar} (oyatidan) to {Moʻminlar Allohning nusrati bilan shod boʻlurlar} (Rum 1-5) degan (soʻzigacha) nozil boʻldi», dedi. (Abu Said) aytdi: Moʻminlar rumliklarning forslar ustidan gʻalaba qilgani bilan shod boʻldilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis bu yoʻldan hasan gʻaribdir. Nasr ibn Ali shunday — {gʻalabatir Rum} deb qiroat qildi.