حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عُمَرَ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِذَا قَضَى اللَّهُ فِي السَّمَاءِ أَمْرًا ضَرَبَتِ الْمَلاَئِكَةُ بِأَجْنِحَتِهَا خُضْعَانًا لِقَوْلِهِ كَأَنَّهَا سِلْسِلَةٌ عَلَى صَفْوَانٍ فَإِذَا فُزِّعَ عَنْ قُلُوبِهِمْ قَالُوا مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ قَالُوا الْحَقَّ وَهُوَ الْعَلِيُّ الْكَبِيرُ قَالَ وَالشَّيَاطِينُ بَعْضُهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ " . قَالَ أَبُو عِيسَى هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Nabiy ﷺdan rivoyat qiladi: U zot (shunday) dedilar: «Alloh osmonda bir ishni hukm qilsa, farishtalar Uning soʻziga boʻysunib, qanotlarini qoqadilar, xuddi silliq toshga (sudralayotgan) zanjir (ovozi) kabi (ovoz chiqaradi). Qalblaridan (qoʻrquv) ketkazilgach, ular (bir-birlariga): ‹Robbingiz nima dedi?› deydilar. (Boshqalari): ‹Haqni (dedi), U Oliy va Buyukdir› deydilar. Shaytonlar esa bir-birlarining ustida (turib eshitadilar)». Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.