حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ وَزِيرٍ الْوَاسِطِيُّ، حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ يُوسُفَ الأَزْرَقُ، عَنْ سُفْيَانَ الثَّوْرِيِّ، عَنْ أَبِي سُفْيَانَ، عَنْ أَبِي نَضْرَةَ، عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، قَالَ كَانَتْ بَنُو سَلِمَةَ فِي نَاحِيَةِ الْمَدِينَةِ فَأَرَادُوا النُّقْلَةَ إِلَى قُرْبِ الْمَسْجِدِ فَنَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ : (إنَّا نَحْنُ نُحْيِي الْمَوْتَى وَنَكْتُبُ مَا قَدَّمُوا وَآثَارَهُمْ ) فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ آثَارَكُمْ تُكْتَبُ فَلا يَنْتَقِلُوا" .
قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ غَرِيبٌ مِنْ حَدِيثِ الثَّوْرِيِّ وَأَبُو سُفْيَانَ هُوَ طَرِيفٌ السَّعْدِيُّ .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: Bani Salima Madinaning bir chekkasida edi va ular masjidga yaqinroq joyga koʻchmoqchi boʻldilar. Shunda ushbu oyat nozil boʻldi: {Albatta biz oʻliklarni tiriltiramiz va ular qilib qoʻygan (amallar)ni hamda izlarini yozib qoʻyamiz}. Bas, Rasululloh ﷺ: «Albatta izlaringiz yozib boriladi, shu sababdan koʻchmasinlar», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis as-Savriyning rivoyatidan hasan gʻaribdir. Abu Sufyon — u Tarif as-Saʼdiydir.