حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، أَخْبَرَنَا عَلِيُّ بْنُ مُسْهِرٍ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ أَبِي مَعْمَرٍ، عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ بَيْنَمَا نَحْنُ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِمِنًى فَانْشَقَّ الْقَمَرُ فِلْقَتَيْنِ فِلْقَةٌ مِنْ وَرَاءِ الْجَبَلِ وَفِلْقَةٌ دُونَهُ فَقَالَ لَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " اشْهَدُوا " . يَعْنِي : (اقتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانْشَقَّ الْقَمَرُ ) قَالَ هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ .
Ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Biz Minoda Rasululloh ﷺ bilan birga edik. Shu payt oy ikki boʻlakka boʻlinib ketdi: bir boʻlagi togʻning orqasida, bir boʻlagi esa undan berida edi. Shunda Rasululloh ﷺ bizga: ‹Guvoh boʻlinglar›, dedilar», deya {Soat (qiyomat) yaqinlashdi va oy boʻlindi} (Qamar 1) oyatiga ishora qildi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.